Amadu Jorji

AMADU (Amado) Jorji (1912.10.8) — Braziliya yozuvchisi. „Karnaval mamlakati“ (1931) nomli ilk romanida shahar ziyolilari va mulkdorlari hayotidagi salbiy hodisalarni hajv qilsa, „Kakao“ (1931), „Ter“ (1933) romanlarida batraklar va ishchilar hayoti hikoya qilinadi. „Jubiaba“ (1935) romanida irqchilikka qarshi chiqadi. Amadu Jorji Braziliya xalqining erk va adolat uchun kurashini yorituvchi „Luis Karlos Prestes hayoti“ asarini yaratdi (1942), „Cheksiz dalalar“ (1943), „Oltin mevalar dalasi“ (1944) romanlari Braziliya dehqonlari hayotiga bagʻishlangan. „Qizil kurtaklar“ (1946) romanida realizm kuchli. „Keksa dengizchilar“ (1961) nomli ikki kissasida Braziliya xalqining oʻziga xos xususiyati koʻrsatilgan. Amadu Jorji Lotin Amerikasi adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan, yirik gumanist yozuvchi sifatida nom qozongan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |