Alyumogel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alyumogel – faol alyuminiy oksid. Chinniga, ayrim hollarda shaffof shishaga o‘xshash g‘ovak modda. Alyuminiy gidroksid ivig‘ini ohista quritish usu-li bilan olinadi. A. adsorbsiya jarayonlarida – sanoat gazlarini quritishda (namdan tozalashda), suyuqliklarni rang-sizlantirishda (neftni qayta ishlash, qand-shakarni oqartirishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida), katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil