Alyuminotermiya
Qiyofa
Alyuminotermiya, alyumo-termiya (alyuminiy va yun. therme — issiqlik) — metallar oksidlarini alyuminiy bilan kaytarib metall va qotishmalar olish usuli; biror metall oksidi bilan metall holidagi alyuminiyning kukun aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilsa, 3000° gacha issiqpik ajra-lib chiqadi, ajralib chiqqan ortiqcha issiqlik hisobiga temir oʻz oksididan oson qaytariladi. Bu usulni rus kimyogari N. N. Beketov (1827—1911) 1859-yil kashf etgan. Marganes, xrom, vanadiy, volfram va turli qotishmalar Alyuminotermiya usuli bilan olinadi. Alyuminotermiyadan poʻlat va choʻyanni payvandlashda (termit payvandda, rasmga qarang), yondiruvchi snaryadlarda foydalaniladi (yana qarang Metallotermiya, Metallarni qaytarish).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |