Alyuminiy xlorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alyuminiy xlorid (AlCl3) — xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan orga-nik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 44,38 g). Suvli eritmalarda uning oq-sargʻish rangli kristallogidrata AlCl3-6H2O hosil boʻladi. Qutbli molekulalar (NH3, H2S, SO2) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va boshqa tabiiy minerallarga yuqori temperaturada xlor va uglerod (N)-oksid aralashmasini taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Suvsiz Alyuminiy xlorid alkillash reaksiyasida, neftni krekinglashda katalizator sifatida, shuningdek jun boʻyash sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil