Alyuminiy ftorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alyuminiy ftorid, A1F3 — ftorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 3100 kg/m3, suvda oz miqdorda eriydi (100 g suvda 0,56 g). Alyuminiy ftorid kislotada yaxshi eriy-di (bunda kompleks birikmalar hosil boʻladi). Alyuminiy ftorid alyuminiy gidroksid A1(ON)3ni vodorod ftorid (NGʻ)ning 15% li eritmasida eritish yoki alyumi-niy oksid (A12O3)ga 400-700° da NGʻ taʼsir ettirish bilan olinadi. Ishqoriy metallarning ftoridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Alyuminiy ftorid sanoatda kriolitdan alyuminiy olish va tozalash jarayonida elektrolitlarga qoʻshimcha si-fatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil