Alyuminiy-organik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alyuminiy-organik birikmalar – alyuminiyning uglevodorod qoldig‘i bilan bevosita bog‘lanishidan hosil bo‘lgan metallorganik birikmalar. Alyuminiy-organik birikmalarda alyuminiy bir, ikki yoki uchta uglevodorod qoldig‘i bilan boglan-gan bo‘lishi mumkin (RA1C12, R2A1C1, R3A1). Alyuminiy uchalkillar – rang-siz, kislorod va namlikka o‘ta sezgir suyuqlikdir. Alyuminiyuchmetil va uche-tillar havoda o‘z-o‘zidan yonish, suvda portlash xususiyatiga ega. Alyuminiy-organik birikmalar alyu-miniy-magniy qotishmasiga galloid-uglevodorodlarni, simob-organik birikmalarga alyuminiy ta’sir etttirish va boshqa yo‘llar bilan olinadi. Alyuminiy-organik birikmalar sanoatda olefinlarni past bosimda poli-merlashda katalizator sifatida va sof alyuminiy olishda qo‘llaniladi. Har xil reaksiyalarga kirishish xususiyati kuch-li bo‘lgani sababli Alyuminiy-organik birikmalar to‘yinmagan uglevodorodlardan spirt ishlab chiqarishda, organik kislotalar olishda, kimyoviy elementlarning organik birikmalarini hosil qilishda ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil