Alyaskit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alyaskit – intruziv nordon tog‘ jinsi; tarkibida 5% gacha rangli mi-nerallar bo‘lgan granit. Magmatik, ba’-zan metasomatik yo‘l bilan kelib chiqqan. Tarkibi kvars (30–35%), kaliyli dala shpati (30–50%) va albit (20% gacha)dan iborat. Kristall-donador, kamdan-kam porfir tuzilishli. Rangi kizil, pushti, oq, och kulrang. Dastlab Alyaska yarim orolda topilgan (nomi shundan). A.ni ka-myob va siyrak yer elementlari konlari bilan bog‘laydilar. A. O‘rta Osiyo, Kavkaz va Baykal ortida topilgan. Qurilishda qoplama bezak-tosh sifatida ishlatila-di.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil