Alternariozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alternariozlar – o‘simliklarning zamburug‘li kasalli-klari. Ekinlarda A.ni Alternaria tur-kumiga mansub zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Kasallangan o‘simlik to‘qimalari ustida saprofit zamburug‘ – alternariya to‘q jigarrang duxobasimon dog‘-g‘ubor hosil qilib rivojlanadi. Dog‘lar doirasida to‘qimalar asta-sekin o‘ladi. Don ekinlari, kartoshka, olma, karam, nok, rezavorlar va boshqalarga katta zarar yetkazadi. G‘o‘zada uchraydigan A. chanoqlardagi pax-tani buzadi. Tola texnologik xususiyatlari-ni, chigit moydorlik va unuvchanligini yo‘qotadi. O‘ta namgarchilik, kuzning erta boshlanishi, hasharotlar (o‘simlik bitlari, o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti) kasallikning tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi.Kurash choralari: o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, urug‘likni dorilash, vegeta-siya davrida o‘simlikka fungitsidlardan sinebning 1,5%li suspenziyasini pur-kash (yana qarang Zamburug‘li kasalliklar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil