Alteratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alteratsiya (lot. alteratio — o‘zgartirish) — 1) musiqada asosiy tovushqator pog‘onalarini (nomini saqlagan holda) o‘zgartirish; uning ba-landligini chorak, yarim yoki butun ton-ga balandlatish yoki pastlatish. 2) gar-moniyada A. tovushqatordagi noturg‘un pog‘onalarni xromatik o‘zgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni ku-chaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida o‘zgargan pog‘onalar mavjud bo‘lgan in-terval yoki akkordlar A.lashgan interval va akkordlar deb yuritiladi; 3) biol.da — mexanik kuch, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqa ta’sirida hujayra va to‘qimalar funksiyasining o‘zgarishi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil