Alpomish oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Alpomish oʻyinlari" festivali — Oʻzbekistonning eng yirik milliy sport oʻyinlari musobaqalari. 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasining "Alpomish" dosto-ni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi"gi qarori (1998-yil 13 yanvar) asosida tashkil qilingan. Maqsadi — xalq oʻyinlarini keng om-malashtirish, Oʻzbekistonda Alpomish kelbatli yoshlarni koʻpaytirish, ular-ni vatanparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash. Festival nizomiga koʻra, u 3 bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich tumanlar miqyosida tashkil qilinadi. Tuman musobaqasi gʻoliblari 2-bosqichda viloyat musobaqalarida qatnashadilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri. musobaqalari gʻoliblari 3-bosqich — respublika fi-nal bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar. "A.oʻ." f. 6 milliy sport turi; milliy kurash (buxorocha, fargʻonacha usullar), "Turon", kamondan oʻq otish, tosh koʻtarish, armrestling (bi-lak kuchi kurashi) hamda xalq oʻyinlari: "tortishmachoq", "mindi", "boʻron", "elkada kurash" boʻyicha oʻtkaziladi. Musobaqalarda 15 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan kishilar ishtirok etishi mumkin. Oilaviy jamoalarning qatnashishiga ham ruxsat beriladi. "A.oʻ." f. gʻoliblari pahlavonlik, mardlik va oriyat timsoli sifatida hurmatga sazovor boʻladilar. Birinchi "A.oʻ." f. 1998-yil 13—14-noyabrda Termiz shahridagi "Alpomish" sta-dionida boʻlib oʻtdi. Unda umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati vakillari gʻolib chiqdi. 2-oʻrinni Andijon viloya-ti, 3-oʻrinni Toshkent sh. jamoasi oldi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil