Aloqa uzeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aloqa uzeli — 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmogʻining tarkibiy qismi. Tarmoq Aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzi-lishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon stansiyalari amalga oshiradigan asosiy Aloqa uzeli ga; katta sigʻimli telegraf stansiyalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan viloyat Aloqa uzeli ga; kichik sigʻimli telegraf stansiyalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tu-man Aloqa uzeli ga boʻlinadi. Radioeshitti-365rish uzeli tarmoq Aloqa uzelining bir turi hisoblanadi; 2) aholiga, ishlab chiqarish korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizma-ti koʻrsatiladigan aloqa korxonasi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil