Aloqa kabeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aloqa kabeli — axborotlarni turli tok chastotalarida uzatish uchun moʻljallangan kabel. Aloqa kabeli orqali tele-grammalar, fototasvirlar, telefon soʻzlashuvlari, televizion eshittirishlar, hisoblash markaziga kelgan statik maʼlumotlar va boshqa uzatiladi. Aloqa kabeli, aso-san, simli aloqa oʻrnatishda ishlatila-di. Tuzilishiga koʻra, simmetrik va koak-sial; uzatiladigan chastotalar spektriga koʻra, past chastotali (10 kGs gacha), yuqori chastotali (10 kGs dan yuqori); ishlati-lish sohasiga koʻra, uzoq joy bilan aloqa (shaharlararo) va mahalliy aloqa (shahar telefon tarmoqlari, qishloq aloqasi, radioeshittirish va boshqalar); oʻtkazish usuliga 364koʻra, yer ostiga yotqiziladigan, havodan oʻtkaziladigan va boshqa xillarga boʻlinadi. Simmetrik kabellarining tok oʻtkazuvchi simlari 0,3-1,6 mm diametrli misdan yasaladi. Izolyatsiyalangan simlar juft-juft qilib buraladi. Past chastotali simmetrik Aloqa kabelining juftlari soni 1 dan 4800 gacha, koaksiallarniki — 2 dan 20 gacha boʻladi (har qaysi juft 3600 gacha telefon soʻzlashuvlarini uzatishi mum-kin).Aloqa kabelining qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyumi-niy, poʻlat, plastmassa, metall-plastmas-sadan yasaladi. Shahar telefon aloqasida sim tolalari yigirma-oʻttizdan ikki ming va undan ham koʻp quyi chastota-li Aloqa kabeli ishlatiladi. Koʻp kanalli aloqa oʻrnatish uchun yuqori chastotali simme-trik kabellar, televideniye dasturini uzatish uchun esa koaksial Aloqa kabeli lar kerak. Aloqa kabeli mustahkam, sifatli va nuqsonsiz aloqa oʻrnatishga imkon beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil