Alo ul-Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alo ul-Buxoriy (Alishoh ibn Muhammad ibn Qosim) (XIII asr Buxoro) — munajjim. Tarjimai holi haqida toʻla maʼlumot yoʻq. Birmuncha vaqt Xorazmda turgani uchun Xorazmiy nisbasi bilan ham mashhur. Alo ul-Buxoriy yulduzlar harakatiga oid „Ziji shohiy“ nomli jadval yaratgan. „Umdat ilhoniya“ („Ilhoniylar tayanchi“) asari bilan nom qozongan. Unda ilmi nujum (astrologiya) sohasida oʻz davrida olingan natijalar umumlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil