Almat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Almat – Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi shahar (1953-yildan). Zay daryosi (Kama irmogʻi)ning chap sohilida. Minnibayevo temir yoʻl stansiyasidan 18 km shimoli-sharqda. Chistopol, Bugulma va boshqa shaharlar bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 133 ming kishi (1992). 1950-yilda neft koni yaqinida shaharcha sifatida paydo boʻlgan. Almat– Tataristondagi neft sanoatining muhim markazi. Neft va gaz qazib olinadi. Neft qazib chiqarish sanoati uchun mashina va jihozlar ishlab chiqariladi. Gazni qayta ishlash, shina tuzatish, avto-traktor tuzatish, temir-beton konstruk-siyalari, yogʻochsozlik, gʻisht zavodlari, drama teatri bor. Almat yirik neft quvurining boshlangʻich punkti.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil