Almashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almashtirish (matematikada) — xossalari har xil boʻladigan ikki toʻplam elementlarini bir-biriga mos qoʻyish. Masalan, X toʻplamning har bir x ele-mentiga Y toʻplamning toʻla aniqlangan u elementa mos qoʻyiladi. Koʻpincha A. deb ayni bir toʻplamning x va y=f(x) ele-mentlari orasidagi oʻzaro bir qiymatli moslik tushuniladi. Geom. da koʻpincha nuqtaviy A. tekshiriladi. Bunda biror koʻp xillilik (chiziq, sirt, fazo)ning har bir nuqtasiga uning boshqa nuqtasi mos qoʻyiladi, boshqacha aytganda, nuqtaviy A. nuqtaviy toʻplamni oʻz-oʻziga aks et-tirishdan iborat. Geom.da tekislik nuqtasini toʻgʻri chiziq nuq-talariga va, aksincha, toʻgʻri chiziq nuqtalarini tekislikka oʻtkazuvchi A.lar ham tekshiriladi. Masalan, 2-tartibli egri chiziqqa nisbatan qutbiy A. shunday A.dir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil