Almaiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 – Toshkent – 1894/95) – o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi "Muyi Muborak"va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866–67).Turk, fors, arab tillarini va adabiyo-tini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini Urgangan. Toshkentga qaytgach, Shukurxon madrasasida mudarrislik qilgan. Erkin fikrlashi, ayrim ruhoniylar bilan ixtiloflari tufayli madrasadan ketishga majbur bo‘lgan. Umri muhtojlik va qashshoklikda kechgan. A. asarlari usha davrda tuzil-gan bayozlarda uchraydi. Ularda jami-yatdagi adolatsizlikka qarshi nafrat ifodalangan, vafo, sadoqat, halollik kabi fazilatlar ulug‘langan ("Hayot", "Etti", "Kelsangchi", "Yarashur" va boshqalar). Shoir inson barkamolligi uning ilm-ma’rifatli bo‘lishida, undan o‘zgalarni ham bahramand qilishda deb bilgan. "Ka-lila va Dimna" ni forschadan o‘zbekchaga tarjima qilgan. Tarjimaning har bir hikoyati mundarijasiga mos fard, mas-naviy, qit’a, ruboiylar yozib kiritgan va o‘zi nasta’liqda ko‘chirgan. Kitob 357Toshkentda nashr qilingan (1898, 1901, 1913). Arabcha "Sharhi Mullo" (1879–80) ga kirgan "Avzon ul-jumu’" ("Vaznlar jam’i") manzumasi arab she’riyatida qofiya san’atini va ayrim grammatik qoidalarni o‘rganishda muhim qo‘llanma hisoblangan. Ba’zi arab mamlakatlarida ham undan darslik sifatida foyda-lanilgan. Kitobning Almaiy ko‘chirgan qo‘lyozmasi O‘zbekiston Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Toshkentning Beshyog‘och dahasida mahalliy bolalar uchun ochilgan namuna ish maktabiga A. nomi berilgan.As: Tanlangan asarlar [She’rlar], T., 1965.Begali Qosimov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil