Allopoliploidiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allopoliploidiya (yun. allos -boshqa va polyploos — koʻp karrali) — har xil turlar yoki avlodlarga mansub organizmlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarda ikki va undan ortiq genomlarning karrali ortishi tu-fayli vujudga kelgan poliploidiya. A. duragay poliploidiya deb ham ataladi. Somatik hujayralarda har ikki ota-onaning ikki hissa ortgan xromosomalari toʻplamiga ega boʻlgan Aallotetraploidlar yoki amfidiploidlar deyiladi. A. muhitning turli xil ekstremal sharoitlariga yuqori adaptiv moslanuvchanligi va chidamligi bilan diploidlardan ajra-lib turadi. A. yangi forma va tur paydo boʻlishining omili sifatidaevolyutsiyada muhim ahamiyatga ega boʻlib, undan seleksiya ishlarida foy-dalaniladi. Ekinlarning koʻp turlari (mas, Meksika va peru gʻoʻzalariningg tetraploid navlari) allopoliploidlar hisoblanadi. A. diploid organizmlarga nisbatan serhosil boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil