Allelopatiya (yun. allelon – oʻzaro, pathos – ta’sir) – turli organizmlarning har xil moddalar ajratib chiqarish orqali oʻzaro ta’sir koʻrsatishi. Mas, ayrim mikro-organizmlar antibiotiklar ishlab chiqarib boshqa mikroorganizmlar rivojlanishini zaiflashtiradi yoki ularni butunlay nobud qiladi; ayrim yuksak oʻsimliklarning moddalar alma-shinuvi jarayonida hosil qilgan zaharli moddalari boshqa oʻsimliklarga ta’sir etib, oʻsimlik faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi; hasharotlar esa yuksak oʻsimliklarga ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqaradi va hokazo.