Allegro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Allegro (ital. allergo – quvnoq, xushchaqchaq) – musiqada: 1) tez sur’at; 2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Odatda sonata, kvartet, simfoniya va boshqalarning 1-(ba’zan, 4 va boshqalar) qismi. Sonata A.si – sonata-simfonik turkumi bosh (birinchi) yoki so‘nggi qismining mumtoz tuzilmasi (qarang Sonata shakli). O‘zbekiston kompozitorlari asarlarida keng ishlatiladi. Mas, Ik. Akbarovning "Shoir xotirasiga" poemasi, R. Hamroyevning 1-simfoniyasi (1-qism), "Maftuningman" kinofil-mida Sharif qo‘shig‘i (M. Burhonov) va boshqa; baletda: 3) jadal ijro etiladi-gan mashqlardan tuzilgan mumtoz rake mashg‘ulotining bir qismi. Turli ayla-nishlar va sakrash malakasini takomil-lashtirishga yordam beradi; 4) Yevropada sakrama va oyoq uchida yurish harakatlariga asoslangan mumtoz raks. Barcha jo‘shqin raqslar A. sur’atida yaratiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil