Alla (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alla — 1) bolani uxlatish jarayo-nida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qo‘shiq. O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida A. nomi bilan yuritiladi. Odat-da oddiy kuylar b-n, ba’zida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish sur’atiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y. A. onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzula-ri, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois ba’zi A. namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi; 2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq. Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin; 3) O‘zbekistonning ba’zi hududlarida A. nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Mac, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qo‘shiq va b. Ayrim tax-minlarga ko‘ra, A. nomi "Alloh" so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bog‘liq. An’anaviy A. xususiyat-laridan o‘zbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil