Alkogolyat va fenolyatlar
Qiyofa
Alkogolyat va fenolyatlar – spirtlar va fenollarning gidroksil guruhidagi vodorod atomining metallga almashinishidan hosil boʻlgan qattik moddalar. Spirtda yaxshi eriydi. Alkogolyatlar ishqoriy va ishqoriyyer metallarni spirtda eritish yoʻli bilan olinadi, fenolyatlar esa fenollar bilan ishqorlar suvli eritmalarining oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida hosil boʻladi. Suv taʼsirida alkogolyat va fenolyatlar spirt va ishqorga parchalanadi. Alkogol va fenoyatlar organik kimyoda turli xil sintetik birikmalar olishda va katalizator sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |