Kontent qismiga oʻtish

Spirtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alkogollardan yoʻnaltirildi)

Spirtlar – uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—OH) tutgan hosilalari. Aromatik halqasidagi uglerod atomlarida – OH guruxi tutgan birikmalar – fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida – OH guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, uglerod atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi – OH guruhining soniga qarab, uglerod bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. Spirtlardagi – ON guruxlari birlamchi (CH2OH), ikkilamchi (>CHOH) va uchlamchi (> C—OH) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli uglerod birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.

Uglerod odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga qarab ataladi: CH3OH (metil spirt), C3H7—OH (propil spirt) va hokazo. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga „ol“ (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —OH guruxi birikkan uglerod atomini raqam bilan koʻrsatiladi. Masalan, CH3—CH(OH)— CH3 (propanol2), HOCH2—CH2— CH2OH (propandiol1,3).

Bir atomli alifatik quyi uglerod – rangsiz suyuqliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (C,—C3) Spirtlardan alkogol hidi keladi. C4—C5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori uglerod (S|2 dan boshlab) – hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik uglerod yalpiz xidli, uchlamchi uglerod mogʻor hidli.

Uglerod suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik uglerod suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori uglerod suvda erimaydi. Birlamchi uglerod kristallosolvatlar hosil qiladi, masalan, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik uglerod suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.

Uglerod molekulasida – OH guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. Uglerod ishqoriy, ishqoriy va boshqa baʼzi metallar bilan tuzsimon birikmalar – alkogolyatlar, masalan, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. Uglerodga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (qarang Eterifikatsiya). Birlamchi uglerod oksidlanganda aldegidlar va kislotalar, ikkilamchi uglerod oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi uglerod oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik uglerod kuchsiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi uglerodlar zaharli.

Uglerod tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. uglerod galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil uglerod va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi. Uglerod, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. Uglerodning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi. Spirtlar asosan bir va koʻp atomli sipirtga ajraladi.

  • Organikum. Praktikum po organicheskoy ximii, M., 1979;
  • Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, M., 1983.

Sobirjon Aminov.