Kontent qismiga oʻtish

Alkid smolalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Alkid smolalar, poliefir smolalar – koʻp atomli spirtlarning koʻp asosli kislotalar bilan polikondensatlanishidan hosil boʻladigan polimerlar. Alkid smolalar jumlasiga gliftal smolalar (ftal angidrid bilan glitserin asosida olinadi) va pentaftal smolalar (ftal angidrid bilan pentaeritrit asosida olinadi) kiradi. Alkid smolalar metallarni sirlashda va elektr tokini oʻtkazmaydigan materiallar ishlab chiqarishda lok oʻrnida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil