Alishoh Ragʻib Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alishoh Ragʻib Samarqandiy
Tavalludi 1644-yil[1]
Samarqand
Sohasi ravvin , shoir
Dini Yaxudiy

Alisha Ragʻib Samarqandiy (arabcha: عليشاه [اليشا/اليشع بن شموئيل] راغب سمرقندى)[2]– samarqandlik yahudiy shoiri, fors tilida ijod qilgan. Buxoro-yahudiy sheʼriyat maktabi vakili‎ hisoblanadi[3]. Alisha Ragʻib Samarqandiy aniq boʻlmagan maʼlumotlarga koʻra 1644-yil Samarqandda tugʻilgan. Hayotining asosiy qismini Samarqandda oʻtkazgan[4]. Alishoh Ragʻib Samarqandiyning otasi savdogarlik bilan shugʻullangan. Oʻzi ham yoshlik yillarida savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Keyinchalik esa sheriyat kechalariga borishga qiziqib qoladi. U yerda koʻplab Movarounnahrlik shoir va yozuvchilar bilan tanishgan[5]. Alishoh Ragʻib Samarqandiy ijodi oʻrta asrlar Ispaniya yahudiy shoirlarining ijodi va fors-yahudiy adabiyotidan ilhomlangan, 1667-yil[6] Ispanyaga tijoriy maqsad bilan sayohat qilgan va Ispanya adabiyotiga oid koʻplab kitoblarni ham olib keladi. Keyinchalik esa oʻzi ham kitob savdosi bilan shugʻullanishni boshlaydi[7], shaharning oʻzida katta kutubxona tashkillashtiradi. 1669-yil oʻzining „Shahzoda va soʻfiy“ (fors. sẖạhzạdh w ṵwfy̱y ‎) va „Hanuka-noma“ (ḥnwḩạ nạmh – „Xanukka kitobi“) sheʼrlarini yozgan[8]. „Shahzoda va soʻfiy“ Ibrohim ibn Hasdayning[9] „Podshoh oʻgʻli va rohib“ („Ben ha-melech ve-ha-nazir“) haqidagi forscha hikoyasi boʻlib, avvalroq yozilga dostonning qayta ishlanma shakli hisoblanadi. Barlom va Yoʻasaf kabi shoirlar ham ushbu asarga qayta ishlanma yaratishgan[10]. Alisha Ragʻib Samarqandiy „Hanukanoma“ sida yahudiylarning yunonlarga qarshi qoʻzgʻoloni haqida hikoya qiladi, bu asarni Fors-yahudiy shoiri Imroniyning 1524-yilda yozilgan shu nomdagi asaridan ilhomlanib yozgan[11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бухарские евреи: история, культура, современность. Бухарско-еврейский центр г. Нью-Йорка, 1995 — 27 bet. 
  2. Sarshar H.. Esther's Children: A Portrait of Iranian Jews. Center for Iranian Jewish Oral History, 2005 — 419 bet. ISBN 9780966129137. 
  3. Ochilʹdiev D.. A History and Culture of the Bukharian Jews. Нью-Йорк: Club "Roshnoyi-Light" & authors, 2007 — 37 bet. ISBN 9781893552098. 
  4. Датхаев Ю. И.. О Бухарских евреях: Краткие очерки и размышления, 2-е изд., Нью-Йорк, Денвер: Autograph Publishing House, 1995 — 223 bet. 
  5. Yasharpour D.. The Prince and the Sufi: The Judeo-Persian Rendition of the Buddha Biographies. Brill, 2020 — 6—9 bet. ISBN 9789004442757. 
  6. Ochilʹdiev D.. A History and Culture of the Bukharian Jews. Нью-Йорк: Club "Roshnoyi-Light" & authors, 2007 — 37 bet. ISBN 9781893552098. 
  7. Yasharpour D. „Elisha ben Samuel (Rāghib)“,. Encyclopedia of Jews in the Islamic World, 2022. 
  8. Yasharpour D.. The Prince and the Sufi: The Judeo-Persian Rendition of the Buddha Biographies. Brill, 2020 — 6—9 bet. ISBN 9789004442757. 
  9. Гитлин С. И.. Исторические судьбы евреев Средней Азии: появление в регионе, история, исход. Медиа-Галь, 2008 — 62 bet. ISBN 9789655553376. 
  10. Frakes J. C.. Early Yiddish Epic. Syracuse University Press, 2014 — 21 bet. ISBN 9780815652687. 
  11. Pirnazar N.. Judeo-Persian Writings: A Manifestation of Intellectual and Literary Life, Iranian Studies. Routledge, 2020 — 29 bet. ISBN 9781000077001. 
  12. Encyclopaedia Judaica, 2nd ed., Encyclopaedia Judaica, Macmillan Reference USA, 2007 — 555 bet. ISBN 9780028659299. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]