Alimov Olti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alimov Olti  — 1903-yili tugʻilgan, Samarqand tumani Chorshanba qishlogʻidan, quloqqa tortilgan.1934-yili qotillik uchun 8 yilga qamalgan, jazoni oʻtamay 1936-yili lagerlardan qochgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti boʻlmagan.Lagerlardan qochganidan soʻng, oʻgʻirlik va bosqinchilik bilan shugʻullanganlikda,Berdiyev banditlar guruhiga kirganlikda, pichoq va kaltak bilan qurollanganlikda, kolxozchilarni qurolli talashida ishtirok etganlikda, hibsga olingan vaqtda pichoq tortib olinganlikda ayblangan.OʻzSSR IIXK Samarqand sektori taqdim qilgan ish boʻyicha hukm qilinganlardan hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatagʻon qurbonlari — 127 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.