Alimentar isitma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alimentar isitma — emadigan bolalarga toʻgʻri kelmaydigan ovqat berish natijasida gavda temperaturasining koʻtarilishi. Ovqatda oqsil ortiqcha boʻlib, suv kam boʻlsa, mas, quruq yoki quyuq sut yaxshi suyultirilmay berilsa, sogʻlom bola ham isitmalashi mumkin. Emadigan bola organizmiga ortiqcha osh tuzi kirishi natijasida ham Alimentar isitma kuza-tiladi. Yetarli miqdorda suv ichirilishi bilan temperatura pasayib, asliga keladi. Alimentar isitma asosan organizmning suvsizlanishiga bogʻliq. Bunda isitma chiqishiga suvning mutlaq kamligi emas, balki ovqat bilan kirgan oqsil va suv oʻrtasidagi nisbatning buzilishi sabab boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil