Alimentar distrofiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alimentar distrofiya (lot. alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida ro‘y beradigan kasallik. Mod-dalar almashinuvining jiddiy buzili-shi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yog‘ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki a’zolar va to‘qimalar funk-siyasining buzilishi bilan kechadi. Alimentar distrofiya ga organizmda oqsil yetishmasligi, shu bilan birga, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) sabab bo‘ladi. Davosi: quvvatga qirg‘izadigan va yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar, vi-taminlar beriladi. Bemor ovqatni oz-ozdan, sutkada 6—7 bor, bo‘lib-bo‘lib is-te’mol qilishi zarur. Og‘irroq hollarda o‘rinda yotib davolanish, shuningdek glyu-koza va qon quyish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil