Alijon Gʻijjakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alijon Gʻijjakiy (15-asr 2-yarmi) – hirotlik sozanda-bastakor, hofiz. Darvishali Changiyning ta’kid-lashicha, A. F. "oliy majlislarning fu-sunkori", noyob iste’dod sohibi boʻlgan. Maqomdagi olti ovozning bir yoʻlida ishlangan murakkab kuyi, Turkiy zarb usulidagi "Juft hilolqamar"i, Davr shohi usulidagi "Savti dugoh"i A. Gʻ.ning oʻz zamonasidagi yetuk san’atkorlardan biri ekanligini koʻrsatadi. U naqshlarining koʻpini ustozi Us t a Shodiga bagʻishlagan. Bastakorning musiqiy asarlarini sozanda, xonandalar sevib ijro etishgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil