Ali posho tepelena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali posho tepelena, Ali Posho Yanina (taxminan 1744-1822.5.2) — Tepelena (jan. Albaniya) dan chiqqan alban mulkdori. Bolqon yarim orol ning katta qismiga hokimlik qilgan. Usmonli turk saltanatida markaziy hokimiyatning za-iflashganidan foydalanib, 1787-yil Yani-na shahrini (Shim. Gresiyada) egallagan, soʻng Albaniya va Gresiyaning 1,5 mln. kishi yashaydigan katta qismini ham oʻziga tobe etgan (1812). Oʻzining shaxsiy qoʻshini va floti boʻlib, xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatgan. A. P. T. mul-klarida oʻzaro nizolar barham topgan, savdo yoʻllari bexavotir boʻlgan. 1820-yil iyulda Turkiya sultoni Mahmud II A. P. T. ga qarshi urush ochgan va ushbu urush jara-yonida A. P. T. maglubiyatga uchrab, halok boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil