Ali ibn Abu Tolib yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali ibn Abu Tolib yurishi
Urush yeri Banu Tay
Natija Musulmonlarning qoʻli baland kelgan
Qoʻmondonlar
Ali Adi ibn Hatim
Kuchlar
150 Nomaʼlum

Ali ibn Abu Tolibning Banu Tay qabilasiga qarshi yurishi[1] 630-yil avgust oyiida, Islom taqvimi boʻyicha hijriy 9-yilning ikkinchi oyida boʻlib oʻtgan[2][3].

Banu Tay[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banu Toy butparastlik va nasroniylikka boʻlingan qabila edi[4].

Qabila boshligʻi Hatim at-Tay boʻlib, u oʻzining saxiyligi tufayli mashhurlikka erishgan edi. Islom ensiklopediyasiga koʻra, oʻsha vaqtda Arabistonning buyuk qahramoni sifatida shuhrat qozongan. Uning vafotidan keyin oʻgʻli Adi ibn Hatim otasining izidan borishga harakat qilgan. Adi ibn Hatim juda dindor kishi boʻlgan[5].

Yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom paygʻambari Muhammad Ali ibn Abu Tolibni 150 kishi bilan Banu Tay qabilasi sajda qiladigan butparast iloh al-Fuls (al-Qullus) haykalini (butini) yoʻq qilish uchun yuboradi. Musulmon jangchilaridan 100 nafari tuyada, qolganlari esa otda edi. Ali oʻzi bilan qora va oq bayroq olib ketadi[6][7]. Musulmonlarning bostirib kelayotganini eshitgan Adi ibn Hatim (qabila boshligʻi) esa Suriyaga qochib ketadi[5].

Tong chogʻida Ali aholiga bosqin uyushtirib, al-Fuls haykalini buzib tashlaydi va koʻplab tuya va qoʻylarni urush oʻljasi sifatida oladi. Musulmonlar ham bir qancha erkak, ayol va bolalarni asirga oldilar. Asirlar orasida Hatim Tayning qizi ham bor edi[6].

Al-Qullus mol-mulki orasida musulmonlar uchta qilich va uchta zirh topadilar. Keyin ular oʻljalarni oʻzaro boʻlishib, eng yaxshisini Muhammadga qoldiradilar[6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 233 bet. ISBN 978-9960-897-71-4. 
  2. Abū Khalīl, Shawqī. Atlas of the Quran. Dar-us-Salam, 2003 — 244 bet. ISBN 978-9960-897-54-7. 
  3. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here, and archive of page here
  4. Muir, William (August 1878), The Life of Mahomet, Kessinger Publishing Co (10 August 2003), 451-bet, ISBN 978-0-7661-7741-3
  5. 5,0 5,1 Mufti, M. Mukarram Ahmed (Dec 2007), Encyclopaedia of Islam, Anmol Publications Pvt Ltd, 103-bet, ISBN 978-81-261-2339-1
  6. 6,0 6,1 6,2 Sa'd, Ibn. Kitab al-tabaqat al-kabir. Pakistan Historical Society, 1967 — 380 bet. 
  7. Rahman al-Mubarakpuri, Saifur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 269-bet, ISBN 9798694145923