Ali bin Bakkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali bin Bakkor – “Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Ibrohim Adham suhbatidan bahramand boʻlgan. Shimoliy Kavkaz bilan chegaradosh Massisa shahrida ot boqqan. Vahshiy hayvonlar bilan unsiyat paydo qilgan karomat sohiblaridan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".