Ali Shihob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali Shihob (XV asr) – turshizlik forsigoʻy shoir. Boysungʻur mirzoning mulozimi. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Navoiy uning sheʼrni “ham ravon, ham puxta” aytishi haqida yozib, quyidagi baytini keltiradi:

Chu parda az ruxi chun oftob bardori, Ba jon-u dil kunadat mushtari xaridori.

(Mazmuni: Yuzingdagi pardani quyosh yang­ligʻ koʻtarsang, hatto Mushtariy sayyorasi ham jon-u dili bilan xaridoring boʻladi). Bunda mushtariy soʻzi “talabgor”, “sotib oluvchi” maʼnosida ham qoʻllanilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".