Ali posho tepelena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ali Posho Yaninadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ali posho tepelena, Ali Posho Yanina (taxminan 1744–1822.5.2) – Tepelena (jan. Albaniya) dan chiqqan alban mulkdori. Bolqon yarim orol ning katta qismiga hokimlik qilgan. Usmonli turk saltanatida markaziy hokimiyatning za-iflashganidan foydalanib, 1787 yil Yani-na shahrini (Shim. Gresiyada) egallagan, so‘ng Albaniya va Gresiyaning 1,5 mln. kishi yashaydigan katta qismini ham o‘ziga tobe etgan (1812). O‘zining shaxsiy qo‘shini va floti bo‘lib, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatgan. A. P. T. mul-klarida o‘zaro nizolar barham topgan, savdo yo‘llari bexavotir bo‘lgan. 1820 yil iyulda Turkiya sultoni Mahmud II A. P. T. ga qarshi urush ochgan va ushbu urush jara-yonida A. P. T. maglubiyatga uchrab, halok bo‘lgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil