Ali Asadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Asadov
 Ozarbayjon Bosh vaziri
Mansab davri
8-oktabr 2019-yil
Prezident Navruz Mammadov
Oʻtmishdoshi Ilhom Aliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-noyabr 1956-yil (1956-11-30) (67 yosh)
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Maʼlumoti Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiy universiteti

Ali Hidayat oʻgʻli Asadov (ozarb. Əli Hidayət oğlu Əsədov; tugʻ. 1956-yil 30-noyabrda, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — ozarbayjonlik siyosat va davlat arbobi, 2019-yil 8-oktyabrdan Ozarbayjon Bosh vaziri.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali Asadov 1956-yil 30-noyabrda Boku shahrida tugʻilgan[1]. 1974-yilda Boku shahridagi 134-sonli oʻrta maktabni tugatdi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiy universitetiga oʻqishga kirdi va 1978-yilda tugatdi. 1978—1980-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan.

Ishga qabul qilish va davlat faoliyati

1980-yilda Ozarbayjon SSR Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida bosh laborant boʻlib ishlay boshladi. 1989—1995-yillarda Boku ijtimoiy menejment va siyosiy fanlar institutida dotsent va kafedra mudiri boʻlgan.

1995—2000-yillarda Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati etib saylandi.

1998-yil 17-aprelda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar boʻyicha yordamchisi etib tayinlandi va 2012-yil 29-noyabrdagi buyrugʻi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari boʻldi[2].

2019-yil 8-oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining yalpi majlisida Ali Asadovni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlashga rozilik berish masalasi muhokama qilindi[3]. Savol ovoz berish yoʻli bilan qabul qilindi[4].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyun oyida Vatanga xizmat uchun 2-darajali va 2016-yil 30-noyabrda 1-darajali Vatanga xizmat uchun ordeni bilan taqdirlandi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://web.archive.org/web/20201016100820/https://nk.gov.az/az/page/75/
  2. https://1news.az/news/20121130113230572-V-Administratsii-Prezidenta-Azerbaidzhana-proizvedeny-novye-naznacheniya
  3. https://report.az/ru/milli-mejlis/prohodit-plenarnoe-zasedanie-milli-medzhlisa08102019/
  4. arxiv nusxasi, 2019-10-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-29
  5. https://report.az/ru/vnutrennyaya-politika/ali-asadov-nagrazhden-ordenom-za-sluzhbu-otechestvu-1-j/