Algimantas Chetkauskas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Algimantas Povilas Chetkauskas (1931.24.4, Kaunas) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Kaunas badiiy oʻquv yurtini (rangtasvir boʻlimi boʻyicha) tugatgan (1950). 1956 yildan Oʻzbekistonda. 1958 yildan "Rassom" kombinatida loyihalovchi rassom. "Jangovar kalam" nashri tashkilotchilaridan. Ch. karikatura, plakat janrlarida, jurnal bezagi sohasida yjod qiladi, bezovchi rassom sifatida bezash sanʼati rivojiga hissa qoʻshdi; koʻp yillar davomida Toshkent shahri va uning markazi (Mustakillik maydoni)ni bayramona bezashga rahbarlik qildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil