Alfred Abel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alfred Abel

Abel 1925-yillarda
Tavalludi
Alfred Peter Abel

12-mart 1879-yil
Leipzig, Germaniya
Vafoti 12-dekabr 1937-yil(1937-12-12)
(58 yoshda)
Berlin, Germaniya
Fuqaroligi Germaniya imperiyasi va Veymar Respublikasi
Kasbi Aktyor, film direktori, film prodyuser
Faoliyat yillari 1913–1937-yillarda
Turmush oʻrtogʻi Elizabeth Seidel
Bolalari 1

Alfred Peter Abel (1879-yil 12-mart — 1937-yil 12-dekabr) - nemis aktyori, rejissyori va prodyuseri. U 1913—1938- yillarda 140 dan ortiq ovozsiz filmlarda rol oʻynagan. Uning eng mashhur ijrosi Fritz Langning 1927-yilda suratga olingan "Metropolis" filmidagi Joh Fredersen roli edi.

Bolalik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1879-yil 12-martda Leyptsigda tugʻilgan. Alfred Piter Abel savdogar Lui Abel va Anna Mariya Selmaning oʻg'li edi.[1]. Voyaga yetganida Abel dastlab oʻrmonchilikda oqigan, keyinroq Mittveydada bogʻdorchilikni oʻrgandi. U tadbirkor boʻlish umidida oʻqish sohasini biznesga oʻzgartirdi. Keyinchalik Leyptsig akademiyasida badiiy chizmachilik boʻyicha qisqacha tadqiqot oʻtkazgan. Bu vaqt ichida Abel xususiy aktyorlik darslarida ham qatnashdi[2].

Sahnadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel aktyor sifatida faoliyatini Shveytsariyaning Lyusern shahrida boshladi. U Lucerne Shveytsariya kantonlaridagi koʻplab teatrlarda aktyorlik faoliyatini olib bordi. Soʻngra Maks Reynxardt rahbarligidagi Berlindagi Baranovskiy teatrida ijodini davom ettirdi. U tezda shuhrat qozonganligi sababli bir qancha kinolardan takliflar oldi[1]. U Fritzi Massary bilan Erich Englesning Königgrätzer Straße teatrida "The First Mrs. Shelby" spektaklida rol oʻynagan. U Nyu-Yorkdagi Irving Pleys teatrida mehmon sifatida rol oʻynashi bilan xalqaro muvaffaqiyatga ham erishdi. Aktyor hamkasbi, Rudolf Kristianlarning tavsiyasiga koʻra, 1904-yilda Berlindagi Deutschen teatrida aktyorlik ansamblida ham rollar ijro eta boshladi[3]. Shu paytgacha u Berlindagi barcha teatrlarda chiqish qilgan aktyordir[1].

Filmdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yigirmanchi asrning birinchi yarmida Abel kino industriyasida ishlay boshladi. 1913-yilda u Asta Nilsenning e'tiborini tortgani bois uni turli xil kinolarga taklif qila boshladi[2]. Oʻsha yili u Maks Reynxardtning "Eine Venezianische Nacht" nomli ovozsiz filmida "Anselmus Aselmeyer" rolini oʻynagan holda ekrandagi debyutini qildi. Abel taniqli rejissyorlar tomonidan ishlangan yuzdan ortiq ovozsiz filmlarda rol oʻynagan. Ernst Lubitsch, F. V. Murnau , Richard Osvald, Pola Negri, Henni Porten, Jenni Jugo va Asta Nilsen kabi mashhur kino yulduzlari qatorida boʻldi. U koʻpincha obroʻli shaxslar rolida oʻynaganligi bois "Nemis rasmlaridagi Lewis Stone" deb ataldi[4]. Abelning ovozsiz filmdagi eng koʻzga koʻringan rollariga uning "Phantom" (1922) filmidagi "Lorenz Lubota" va "Dr. Qimorboz Mabuse" rollari (1922), "Die Flamme" (1923) filmidagi "Gaston" va "L'Argent" (1928), "Alfons Gunderman" rollari kiradi. Abelning eng mashhur kino spektakllaridan biri Frits Langning futuristik filmi boʻlgan "Metropolis" filmidagi (1927) metropol rahbari, Joh Fredersen rolini ham ijro etgan. Abel dramatik imo-ishoralardan qochish bilan ajralib turadigan aktyorlik uslubi bilan mashhur edi. U oʻz qahramonlarining psixologiyasi va ichki yorqinligini oʻzini tutashgan ifodalar bilan koʻrsatisi orqali muslihlarini hayratga solib kelgan[5]. Ovozli kino boshlanishi bilan Abel juda mashhur aktyorga aylandi va 38 ta filmda rol oʻynadi. U Duglas Sirk va Anatole Litvak kabi koʻplab taniqli rejissyorlar bilan ishlagan. U rol oʻynagan filmlar qatoriga Litvakning Dolly's Way to Stardom (1930) graf Eberxard roli, Xaynts Ruhmanning "Meine Frau, die Hochstaplerin" (1931), Reynhold Shuenzelning romantikasi, Beautiful Adventure kabi filmlari kiradi. Abelning filmdagi soʻnggi roli Gerbert Mayshning Frau Sylvelin (1938) filmidagi Daffinger roli boʻlib, u oʻlimidan keyin ham ekranga chiqarilmagan[1]. 1922-yilda “Nosferatu” filmi suratga olingan va undan keyin koʻp yillar davomida Count Orlok rolini ijro etgan Maks Shrek aslida mavjud boʻlmagani va uning oʻzi boʻlganligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.[6].

Rejissiyorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yillarning boshida Abel rejissyorlik faoliyatida ham oʻzini sinab koʻra boshladi va Artifex Film nomli prodyuserlik kompaniyasini yaratdi. Kompaniyaning yagona filmi The Strike of the Thieves(1921) boʻlib, uni Abel oʻzi boshqargan. Film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[manba kerak]. Abel 1929-yilgacha boshqa rejissyorlik qilmadi, Narcoseuning eng shuhratparast rollaridan biri hisoblanadi[1]. Narcose filmidan keyin Abel Bon Voyage (1933) va Everything for a Woman (1935) filmlarini suratga oldi. Abel 1935-yilda Karl Xoffmanga Viktoriafilmida dialog rejissyori sifatida yordam bergan.

Shaxsiy hayoti va o'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel Elizabet Zaydel bilan turmush qurdi, va Ursula ismli qizli boʻlishgan (1915-1951)[1]. Ursula, otasi kabi, aktyori boʻldi. Biroq, Natsistlar rejimi 1935-yilda otasi yahudiy emasligini isbotlashi kerak boʻlgan hujjatni tayyorlay olmagani sababli unga boshqa filmlarda suratga tushishni taqiqlashdi[3]. Uzoq davom etgan kasallik bilan kurashgan Abel, 1937-yil 12-dekabrda 58 yoshida vafot etdi. U Berlinning Sharlottenburg tumanidagi Friedhof Heerstraße qabristonida dafn etildi. Keyinchalik qabriston toʻlovlari toʻlamaganligi tufayli uning jasadi nemis uslubida eksgumatsiya qilindi[7].

Direktor sifatidagi ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Strike of the Thieves (1921)
  • Narcose (1929)
  • Bon Voyage (1933)
  • Everything for a Woman (1935)

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Concise Cinegraph: Encyclopaedia of German Cinema. New York: Berghahn Books, 2009 — 1–2 bet. ISBN 978-1-57181-655-9. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]