Alexandra Dowling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexandra Dowling
Tavalludi 22-may 1990-yil (1990-05-22) (33 yosh)
Falmouth, Cornwall, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa

Alexandra Dowling (Aleksandra Douling) - ingliz aktrisasi, Alexandr Dumasning "Uch mushketyor" asari qahramonlari asosida BBC Oneda yaratilgan "Mushketyorlar" tarixiy dramasidagi Qirolicha Anne roli bilan mashhur. U, shuningdek, HBO telekanalining "Taxtlar o'yini" serialidagi mehmon sifatida o'ynagan roli - Roslin Frey bilan tanilgan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Dowling Oksford drama maktabini professional aktyorlik diplomi bilan tamomlagan.[1]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Dowling televizion debyutini Kara ismli druid qiz sifatida BBCning Merlin fantastik drama seriyasining oxirgi fasli o'n birinchi qismi bo'lgan "The Drawing of the Dark" ("Qorong'ulik chizmasi")da qildi.[2] U, shuningdek, Feed Me va Crystal Fighters guruhining "Love Is All I Got" musiqiy klipida suratga tushgan.

Dowling mehmoni HBO telekanalining "Game of Thrones" (“Taxtlar oʻyini”) fantastik teleserialining uchinchi mavsumining toʻqqizinchi epizodi “The Rains of Castamere”da Roslin Frey rolini ijro etgan.[3] Shuningdek, ITV telekanalining Agatha Christie's Poirot (Agata Kristining shu nomdagi romani asosida) serialining o'n uchinchi qismi "Elephants Can Remember"da rol o'ynagan. Ushbu epizod 2013-yil 9-iyun kuni efirga uzatilgan bo'lib, unda Zoe Wanamaker, Vanessa Kirbi va Devid Suchet kabilar ham rol ijro etgan.[4]

Dowling, shuningdek, James Cosmo ham ishtirok etgan "Hammer of the Gods" epik jangovar filmida Agnes - ayol bosh rolini o'ynadi. Film rejissori Farren Blackburn va 2013-yil 5-iyulda chiqarilgan. Film o'layotgan Viking qiroli haqida hikoya qiladi: u o'g'lini o'zining katta akasini qidirishga jo'natadi, bu urug'ning yaqinlashib kelayotgan dushman qo'shinini mag'lub etishdagi yagona umid edi.[5]

U BBC One telekanalida Alexandr Dumasning 17-asr boshidagi fransuz siyosiy intrigalari haqidagi “Uch mushketyor ” romani asosida yaratilgan “Mushketyorlar ” serialidagi Qirolicha Anne roli bilan tanilgan.[6]

Dowling 2015-yil 5-fevralda Londonning Jermyn Street teatrida ochilgan va 2015-yil 28-fevralda nihoyasiga yetgan St. John Emile Clavering HankinningThe Last of the De Mullins ” asarini Joshua Stamp-Simonning sahnaga moslashmasida Berthani tasvirlagan.[7][8]

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2013 Hammer of the Gods Agnes
2017 Starbright Aisling
2022 (rejalashtirilgan) Emily Sharlotta Bronte Ishlab chiqilmoqda
Televizion
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2012 Merlin Kara Epizod: "The Drawing of the Dark"
2013 Game of Thrones (Taxtlar O'yini) Roslin Frey Epizod: "The Rains of Castamere"
Agatha Christie's Poirot Marie McDermott Epizod: "Elephants Can Remember"
2014–2016 Mushketyorlar Qirolicha Anne Asosiy rol
Teatr
Yil Sarlavha Rol Teatr
2015 The Last of the De Mullins Bertha Jermyn Street teatri
2016 I Have Been Here Before Janet Ormund Jermyn Street teatri
2016 While The Sun Shines Elizabeth xonim Royal Bath teatri
2017 A Lie of the Mind Beth Southwark Playhouse
2018 Richard III hamda Romeo va Juliet Anna xonim va Juliet Shekspirning Rose teatri
2019 Vassa Lipa Almeida teatri

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alexandra Dowling“. The Oxford School of Drama (2012). Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
  2. „'Merlin': New episode 'The Drawing of the Dark' review“. Digital Spy (2012-yil 15-dekabr). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  3. „'Game of Thrones' casts Roslin Frey for season 3“. Hypable (2012-yil 11-noyabr). 4-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
  4. „TV Trailer: 'Agatha Christie's Poirot: Elephants Can Remember' On ITV“. TV Wise (2013-yil 5-iyun). 2014-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  5. „Hammer of the Gods“. Magnolia Pictures (2013-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
  6. „Alexandra Dowling on playing Queen Anne in The Musketeers“. Cambridge News (2014-yil 25-yanvar). 23-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
  7. „Alexandra Dowling, Charlotte Powell, Roberta Taylor & Harriet Thorpe to Star in THE LAST OF THE DE MULLINS at Jermyn Street Theatre“. Broadway World (16-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2015-yil.
  8. „Game of Thrones to The Musketeers: Alexandra Dowling's fantasy world“. The Resident (5-fevral 2015-yil). 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]