Kontent qismiga oʻtish

Alexander Dubcek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Dubcek
Chexoslovakiya Kommiteti partiyasi a`zosi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1921-yil 27-noyabr
Vafoti 1992-yil 7-noyabr

Alexander Dubcek (1921-yil 27-noyabr, Uhrovec, Slovakiya – 1992-yil 7-noyabr, Praga) – Chexoslovak davlat va jamoat arbobi. U duradgor oilasida tavallud topgan. 1925-yili ota-onasi bilan birgalikda 300 nafar chexoslovak kommunist-baynalmilalchilar safida Sovet Ittifoqiga koʻchib kelgan.

Alexander Dubcek 47 yoshida 20-asr tarixiga nomdor shaxslardan biri sifatida kirgan. Dubcek 1968-yilning 21-avgustida KGB ofisserlari tomonidan hibsga olingan[1]. U bolalik yillarini otasi Stefan Dubcek bilan birgalikda Sovet Ittifoqida muhojir sifatida oʻtkazgan. Dubcek Qirgʻizistonda taʼlim olgan. 1938-yili Dubceklar oilasi Chexoslovakiyaga qaytib kelishgan. Alexander Dubcek bir yildan soʻng yaʼni 1939-yilda Chexoslovakiya Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. 1938—1941-yillarda chilangarning shogirdi va mashinalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar boʻlib faoliyat yuritgan. Nemis-fashist bosqinchilariga qarshi Slovak milliy qoʻzgʻalonida qatnashgan va ikki marta yarador boʻlgan. 1941—1944-yillarda Vag boʻyidagi Dubnisa shahridagi Shkoda zavodida vaqtinchalik temirchi boʻlib ishlagan. 1945—1949-yillarda Trenchin shahridagi xamirturush zavodida ishlagan. 1955-yilda Moskvada Oliy partiya maktabida oʻqigan. 1958-yilda Bratislava shahrida CHKP viloyat qoʻmitasining bosh kotibi va Slovak, Chexoslovakiya Kommunist partiyalarining Markaziy Kommitet aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan. 1960—1968-yillarda MK kotibi, MK Prezidiumi aʼzosi, CHKP MK birinchi kotibi lavozimlarini egallagan. 1968-yilning yanvar oyidan 1969-yilning aprel oyiga qadar Chexoslovakiya KP MK Birinchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirgan. 1967-yilning oktyabrida Pragada Markaziy Kommitet yigʻilishida Slovakiyaning iqtisodiy ahvoli haqida nutq soʻzlagan. Aynan shu yili qisqa muddatga ishidan ayrilgan. Dubcek „Praga bahori“ nomi bilan kirgan Chexoslovakiyadagi oʻzgarishlar jarayonining tashabbuskorlari va rahbarlaridan biri hisoblangan. 1969-yilda Chexoslovakiya Federal kengashini boshqargan. 1970-yilda Chexoslovakiya KPdan oʻchirilgan. Alexander Dubcek 1989-yilning oxirlarida V.Gavel bilan birgalikda Chexoslovakiyadagi „Baxmal inqilobi“ning faol ishtirokchilaridan biri boʻlgan. 1989-yilning dekabridan boshlab Chexoslovakiya Federal kengashining raisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan[2].

„Praga bahori“ yanvarda boshlangan. Dubcek mamlakatning xarizmatik yetakchisi boʻlib qolgan. 1968-yilda Pragada „Birinchi may“ namoyishi eʼlon qilingan. Dubcek butun kollonasi bilan birgalikda Vaslav maydoni tomon borgan. Ukrainaning oʻsha paytdagi prezidenti Shelest Dubcekka qarata shunday degan: „Galisiya yaxudiysi bizga hamkor emas“. Bu gapga javoban Dubcek va butun chex delegatsiyasi oʻrnidan turishgan va zalni tark etishgan[3].

Dubcek sotsializm va uni qurishga Moskva yoʻl qoʻyib berishiga ishongan. 1968-yilda „Sotsialistik Chexoslovakiya“ jurnalining suratlar bilan bezatilgan sonlari SSSRda bozori chaqqon boʻlgan.

Pragadagi Bratislava trassasining 88-kilometrida sharros yogʻayotgan yomgʻir Dubcekning mashinasini yoʻldan chetga irgʻitib yuborgan. Vrachlar ikki oydan ziyodroq uni qutqarishga harakat qilishgan. Biroq, Dubcek 1992-yil 7-noyabrda avtomobil halokati natijasida olingan jiddiy shikastlar taʼsirida vafot etgan. Uning vafotidan ikki oy ham oʻtmasdan Chexoslovakiya ikkita mustaqil davlatga Chexiya va Slovakiyaga boʻlinib ketgan[4].

Shunday siyosat olib borish kerakki, sotsializm oʻzining insoniy qiyofasini yoʻqotmasin“ (Alexander Dubcek).

Alexander Dubcekning rafiqasi Anna 1990-yilda vafot etgan. Ularning 3 nafar farzandlari boʻlgan. Ular Pavol, Peter va Milan. Pavol jarroh boʻlgan. Peter va Milan iqtisodchi sifatida faoliyat yuritishgan. Dubcek va Annaning birinchi farzandi Pavol hali ham hayotda ekanligi haqida maʻlumot mavjud.

  1. „XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix (Shuhrat Ergashev)“. kitobxon.com. 2015-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  2. „Alexander Dubček“. britannica.com. 2023-yil 24-oktaybrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  3. „The Prague Spring: Dubček, the Media, and Mass Demoralisation“. wilsoncenter.org. 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  4. „ZECH LEADER ALEXANDER DUBCEK DIES“. washington.post.com. 1992-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.