Alevrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alevrit (yun. aleuron – un) – bo‘shak (zichlashmagan), chaqiq (parchalangan) cho‘kindi jins. A. o‘z zarrachalarining hajmiga ko‘ra, qumdan mayinroq, giddan dag‘alroq bo‘ladi. A.dagi zarra-chalarning diametri ko‘pincha 0,01 mm dan 0,1 mm gacha. Shunday zarrachalardan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining struktu-rasi A. strukturasi deb, zarrachalari esa A. fraksiyasi deb ataladi. A.ga chang, lyoss va lyossimon jinslar kiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil