Aleksey Venesianov
Jump to navigation
Jump to search
Aleksey Gavrilovich Venesianov [1780.7 (18). 2- Moskva - 1847. 4(16). 12] — rassom, rus tasviriy sanʼatida maishiy janr asoschilaridan. Dastlab ishqiy munosabatlarni madh etuvchi lirik portretlar yaratdi. Ayniqsa, uning ijodida dehqonlar hayoti aks etgan va rus tabiati goʻzalligi nozik did bilan ifodalangan asarlar alohida oʻrin tutadi. "Shudgorda. Bahor", "Dehqon cholning boshi", "Zaharka", "Lavlagi tozalash" va b. shular jumlasidan. U koʻp asarlarini natura (borliqning oʻziga qarab chizish) dan ishlagan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |