Aleksey Ovchinin
| Aleksey Ovchinin | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 1971-yil 28-sentyabr (51 yosh) Ribinsk, Yaroslavl viloyati, Rossiya SFSR, SSSR |
| Fuqaroligi | Rossiya |
| Millati | rus |
| Kosmik karyera | |
Kosmosdagi vaqt |
374 kun 19 soat 31 daqiqa |
| Tanlash | 2006-yil TsPK-14 kosmonavtlar guruhi |
| Missiyalar | Soyuz TMA-20M (ekspeditsiya 47/48), Soyuz MS-10, Soyuz MS - 12 (ekspeditsiya 59/60) |
Missiya belgisi |
|
Aleksey Ovchinin (Ruscha: Алексей Овчинин[1] 1971-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya Harbiy-havo kuchlari mayori va kosmonavti, Ovchinin 2016-yilda oʻzining birinchi kosmik parvozini amalga oshirdi va 2018-yilda „Soyuz MS-10“ qoʻmondoni etib tayinlandi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovchinin Ribinsk shahridagi 2-sonli oʻrta maktabni tamomlagan.
1988-yil avgustdan 1990-yil sentyabrgacha Borisoglebsk oliy harbiy uchuvchilar maktabi kursanti, 1990-yil sentyabrdan 1992-yil avgustigacha Yeisk oliy harbiy uchuvchilar maktabining talabasi boʻlib, u yerda uchuvchi-muhandis malakasini oldi[2].
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan 2012-yilda Ovchinin Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga olingan.
Kosmonavt faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 11-oktyabrda kosmonavtlarni tanlash boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishida u Yuriy Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markaziga kosmonavt nomzodi sifatida tavsiya etildi[3].
2008-yil 16-iyundan 22-iyungacha Sevastopolda u Robert Thirsk (Kanada) va Richard Garriott (AQSh) bilan birga oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi.
U 2015-yil 27-martda ishga tushirilgan „Soyuz TMA-16M“ ning zaxira ekipaji tarkibida mashq qildi. 2015-yilning kuzida Ovchinin va kosmonavt Oleg Skripochka 8 kun davomida XKS bortida kosmonavtlar uchun moʻljallangan 160 xil oshpazlik taomini tatib koʻrdi. Oziq-ovqat 9 balli tizimda baholandi.
Ekspeditsiya 47/48
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ovchinin 2016-yil 18-mart kuni Soyuz TMA-20M komandiri sifatida UTC vaqti bilan 21:26 da, 47/ 48 - ekspeditsiyaning bir qismi sifatida uchirilgan[4]. U 2016-yil 7-sentabr kuni orbitada 172 kun boʻlganidan soʻng ekipaj azolari bilan yerga qaytdi.
Ekspeditsiya 59/60
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovchinin 2019-yil 14-mart kuni amerikalik astronavtlar Nick Hague va Christina Koch bilan birga “Soyuz MS-12” da, XKSga uchirildi. Uchlik ekspeditsiya 59 ekipajiga qoʻmondon Oleg Kononenko va parvoz muhandislari David Saint-Jacques va Anne McClain bilan qoʻshildi[5].
Oilaviy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning rafiqasi Svetlanadan, Yana ismli qizi (2007-yilda tugʻilgan) bor. Uning sevimli mashgʻulotlariga ov qilish, baliq ovlash va musiqa kiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Team, Forvo. „Овчинин pronunciation: How to pronounce Овчинин in Russian“ (inglizcha). Forvo.com. Qaraldi: 12-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Alexey Ovchinin – ISS Expedition 47 | Spaceflight101“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
- ↑ „squad CPC VVS.14 second set“. testpilot.ru. 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
- ↑ „NASA Television to Air Launch of Next Record-Breaking U.S. Astronaut“. NASA (10-mart 2016-yil). Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
- ↑ Gebhardt, Chris. „Soyuz MS-12 docks with the Space Station“. NASASpaceflight.com (14-mart 2019-yil).