Aleksey Nikolayevich Ivanov
Qiyofa
Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905.1.8, Ulyanovsk - 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919— 20). 1929-yil dan Samarkandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shugʻullangan. Ilk asari — "Kitob ushlagan oʻzbek qizi" (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: "Shaxtyor" (1947), "Zveno boshligʻi" (1953), "M. Turgʻunboyeva" (1955), "Ibn Sino" (1956) va b. haykallari, Mehnat Kahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yoʻldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va b.) portretlari ustida ishlagan; 50—60y. larda mehnat ahli aks etgan haykallar ("Poʻlat quyuvchi", "Choʻpon", "Payvandchi qiz" va b.), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |