Aleksey Ivanovich Ivanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ivanov Aleksey Ivanovich (1885— 1958) — mexanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbo-bi (1944), professor (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898—1906), Germaniyaning Tyubingen sh.dagi universitetni va Karlsrue (Baden) politexnika institutini (1906—12), Peterburg politexnika institutini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik zavodida muhandiskonstruktor (1912—14). Yoqilgʻi boʻyicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishladi (1917—19). 1919 yildan Turkiston untida, Oʻrta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI)da, Oʻrta Osiyo Energetika institutida, Oʻrta Osiyo Industrial institutida, Toshkent Politexnika institutida ishladi. Bir necha oʻquv qoʻllanmalari tuzdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil