Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Barkalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Barkalov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 18-fevral, 1946-yil
Xarkov, USSR
Vafot sanasi 9-sentyabr, 2004-yil
Boʻyi 1,80 m
Vazni 82 kg

Aleksey Barkalov (ukraincha Oleksіy Stepanovich Barkalov, ruscha Aleksey Stepanoviç Barkalov; 18-fevral 1946-yil — 9-sentyabr 2004-yil) — ukrainalik vaterpolochi. 1968, 1972, 1976 va 1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Sovet Ittifoqi jamoasi safida ikkita oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Faoliyati davomida terma jamoada 412 ta oʻyin oʻtkazgan. Mazkur natija suv polosi tarixidagi boshqa har qaysi sportchilardan koʻproq[1][2]. 1993-yilda uning nomi Xalqaro shon-shuhrat zaliga kiritilgan[3].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barkalov Xarkov yaqinidagi Vvedenka qishlogʻida tugʻilgan va Xarkov politexnika institutini bitirgan. Suv polosidan basketbol va futbol bilan shugʻullangan. 1957-yildan boshlab „Dinamo Xarkov“ klubida suv polosi bilan shugʻullana boshlagan. 1971-yildan „Dinamo Kiyev“ klubi sharafini himoya qila boshlagan. 1976-yildan boshlab „Dynamo Kyiv“ safida oʻynovhi — murabbiy sifatida harakat qilgan. 1980-yilda faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Ukraina yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan. 1990-yildan 1994-yilgacha Yugoslaviyada ishlagan Novi Sad vaterpolo klubini boshqargan. Keyinchalik Ukrainaga qaytib kelib,1997-yildan 1999-yilgacha Ukraina suv polosi federatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Barkalov quyidagi mukofotlarni qoʻlga kiritgan: Doʻstlik ordeni (Rossiya), „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (III darajali) va shon-shuhrat ordeni (Ukraina).

Barkalov 1966-yilda Yevropa chempionati bronza medali sohibasi Lyudmila Khazieva bilan turmush qurgan. Ularning yagona oʻgʻli Dmitri ham vaterpolo bilan shugʻullangan. Lekin keyinchalik biznesga oʻtib ketgan. 2001-yilda 32 yoshida oʻldirilgan[4]. Ushbu fojia Barkalovning sogʻligiga salbiy taʼsir qilgan. Barkalov uch yildan soʻng, yaʼni 2004-yilda yurak xurujidan vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Biography: Aleksey Stepanovich Barkalov" (Russian). Nash Produkt: 86–87. February 2009. http://n-pr.com.ua/pdf/ahive/NP_9_2.pdf. [sayt ishlamaydi]
  2. Aleksey Barkalov ushel nepobejdennim (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) — obituary in Russian. sovsport.ru (2004-10-19).
  3. ALEXEI BARKALOV (URS) 1993 Honor Water Polo Player (Wayback Machine saytida 2012-03-07 sanasida arxivlangan). ishof.org
  4. Barkalov Aleksey Stepanovich (1946-2004) (Wayback Machine saytida 2012-11-30 sanasida arxivlangan). sport-necropol.narod.ru