Aleksandropol qoʻrgʻoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandropol qoʻrgʻoni — skiflarning „podsho“ qoʻrgʻonlaridan biri (mil. av. 3-asr). Ukrainaning Dne-propetrovsk viloyatining Nikopol sh. yaqinida. A. Tereshchenko (1852-54) va A. Ye. Lyutsenko (1855-56) tomonidan tekshirilgan. Aslzodalarning ikki ka-merakatakombalardagi qabrlari qadim zamonlardayoq talon-toroj qilingan. Saqlanib qolgan ashyolar: tepalikdan jang aravasi qoldigʻi, markaziy kame-ra yaqinidan ot qabri, qandaydir inson (ehtimol xizmatkor) skeleti va oʻsha ka-meraning yoʻlagidan 14 ot skeleti topilgan. Otlar yonidan skif va skif-yunon sanʼati namunalari — oltin, ku-mush bezakli yuganlar va egar topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil