Aleksandriya muskati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandriya muskati – xu-raki, urtapishar mayizbop va vino-bop uzum navi. Vatani Arabiston yarim orol O‘zbekistonda rayonlashtirilgan. Qrimda va Gruziyada keng tarqalgan. Tupi kuch-li o‘sadi, bargi o‘rtacha, besh bo‘lakli, cheti arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o‘rtacha (buyi 22 sm, eni 12 sm), silindrsimon, ogirligi 280 g gacha. G‘ujumi urtacha, dumaloq yoki bir oz cho‘ziq, sarg‘ish-yashil, xushbo‘y, tarki-bida 24–26% kand bor. Faol harorat yigindisi 2800°–2900° bo‘lganda 140– 150 kunda (sentabr oxirlarida) pishadi. Hosildorligi 150–180 s/ga. Dog‘li antraknozta, sovuqqa chidamsiz. Toshkent, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda o‘stiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil