Aleksandra Maltsevskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandra Maltsevskaya (ruscha: Александра Мальцевская ; 2002-yil 5-iyulda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, polyak ayol shaxmatchisi. U FIDE xalqaro usta (IM) unvoniga ega.

Aleksandra Maltsevskaya
Mamlakat Polsha
Tugʻilishi 5-iyul 2002-yil (2002-07-05) (21 yosh)
Saravha Xalqaro usta
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2411 (oktyabr 2021-yil)

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandra Maltsevskaya 2002-yil 5-iyulda Rossiyaning Rostav Don shahrida dunyoga kelgan. U Rostov-Don shahridagi shaxmat maktabi oʻquvchilaridan biri edi.[1] 2015-yilda u 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Rossiya chempionatida gʻoliblikka erishdi.[2]

2000-yillarda Maltsevskaya turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya nufuzini bir necha bor himoya qilgan. Jumladan, u oltita medalni qoʻlga kiritgan, bular: bitta oltin (2016-yilda, 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yevropa chempionatida[3]), ikkita kumush (2015-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida[4] va 2016-yilda 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida)[5] va ikkita bronza (2012-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida[6] va 2017-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida).[7] 2013-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida 11 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[8]

2018-yilda Maltsevskaya Turkiyaning Gebze shahrida oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi va FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi.[9][10] Hozirda Aleksandra Maltsevskaya shaxmat boʻyicha faoliyatini davom ettirmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Александра Мальцевская стала чемпионкой Европы“ (ruscha). rostovoblchess.ru. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  2. „Первенство России 2015 года по шахматам среди девушек до 15 лет“ (ruscha). Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  3. „European Youth Chess Championship G14“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  4. „25th European Youth Chess Championship 2015 U14 - Girls“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  5. „World Youth Chess Championships 2016 G14“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  6. „World Youth Championships 2012 - U10 Girls“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  7. „World Youth Chess Championship 2017“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  8. „World School Chess Championships 2013“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  9. „FIDE World Junior Chess Championships 2018 - Girls October 2018 Turkey FIDE Chess Tournament details“. ratings.FIDE.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  10. „Maghsoodloo and Maltsevskaya are World Junior Champions 2018“. Chess News (16-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.