Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Vinogradov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinogradov Aleksandr Pavlovich (11895.9(21)8, Peterburg - 1975.16.11, Moskva) — geokimyogar va biogeokimyogar olim, sobiq Ittifoq FAning akad. (1953), vitse-prezidenti (1967— 75). Ilmiy ishlari geokimyo va kosmos kimyosiga bagʻishlangan. V. fanga biokimyoviy provinsiya tushunchasini kiritdi, Yer poʻsti vujudga kelishining universal mexanizmi gipotezasini taklif qildi. Yer pusti jinslaridagi kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini aniqladi (1957, 1962). Yer va Yer toifasidagi sayyoralarning kimyoviy evolyutsiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Oydan olib kelingan togʻ jinslari geokimyosini oʻrgandi. V. ning rahbarligida bir necha metallar sintez qilingan. Uran izotoplarining parchalanish jarayonlarini aniqlagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil