Aleksandr Stoletov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Alexander stoletov.jpg

Aleksandr Grigoryevich Stoletov [1839.29.7 (10.8), Vladimir — 1896.15(27).5, Moskva] — rus fizigi. Moskva universitetini tugatgan (1860), shu universitet oʻqituvchisi (1866 yildan), prof. (1873 yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektr va magnetizm hodisalari muammolariga oid. Stoletov temirning magnit xossalarini oʻrganib (1872), magnit qabulchanlikning magnit maydon kuchlanganligiga bogʻliqlik egri chizigʻi maksimum qiymatga ega boʻlishini koʻrsatgan. Elektromagnit va elektrostatik birliklar nisbatini anikdab, yorugʻlik tezligiga yaqin qiymatni hosil qildi (1876). Tashki fotoeffekt hodisasi ustida kuzatishlar olib borib (1889-99), fototok kuchining yorugʻlik intensivligiga bogʻliklik qonuni (Stoletov qonuni)ni kashf etdi. Stoletov fotoeffektni oʻrganish boʻyicha olib borgan tajribalarda qoʻllagan elektr sxema zamonaviy fotoelement timsoli boʻlib qoldi. Fotoeffekt hodisasi ustida olib borgan tekshirishlari uni jahonga tanitdi. Stoletov gaz razryadi nazariyasiga katta hissa qoʻshdi, moddalarning kritik xrlatini va boshqalarni oʻrgandi. Moskva universitetida fizika lab.ga asos soldi.