Aleksandr Skryabin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Nikolayevich Skryabin [1871.25.12(1872.6.1) Moskva 1915.14(27)4] — rus kompozitori va pianinochi. Musiqa islohotchilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1892) va unda dars bergan (1898 yildan). Asosan, fortepiano (prelyudiya, etyud, sonata va poemalar) va simfonik (3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun konsert, "Orzular, "Jazava poemasi" va boshqalar) asarlarini ijod qilib, oʻziga xos obrazlar dunyosi hamda ifodaviy vositalar majmuini yaratgan. Kichik shakldagi asarlariga musiqiy romantizm va impressionizm xususiyatlari, yirik asarlariga joʻshqinlik, falsafiy mazmundorlik xos. Musiqa amaliyotida birinchilardan boʻlib rangli nurlardan foydalangan, "rangli musiqa" (svetomuzika)ga asos solgan ("Prometey" — "Olov poemasi", 1910).